Zuhriddinov Nodirbek Nosirbek o`g`li

     Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i

         (0374) 235-40-27

          Qabul kunlari: Seshanba, Juma  soat 10:00 dan 12:00 gacha

          Ish vaqti: Dushanba-Juma,  09:00-18:00

          E-mail.: andijan@archive.uz   www.andijonarxiv.uz

                                                    Manzil: 110002,Andijon sh, Bobur shoh, ko‘chasi , 41

                                                    Boshqarma nizomi (*.pdf 265 kb)

 

Tarjimaiy holi va majburiyatlari

1990 yil 22 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tavallud topgan.

          2014 yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti tarix fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi tarixchi arxivshunos.

            Mehnat faoliyatini 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-Texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida arxivchi, fond saqlovchi, ilmiy hodim lavozimlarida ishlagan.          

          2014 yildan 2015 yilgacha O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Hujjatlarni jamlash, idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish” bo`limida, etakchi arxivchi lavozimida ishlagan.    

           2015 yildan 2016 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O`zarxiv” agentligida “Arxiv ishi bo'yicha tashkiliy-metodik ishlar bo'limi”  bosh mutahassisi  lavozimida ishlagan. 

           2016 yildan 2017 yilgacha  Andijon viloyati arxiv ishi hududuy boshqarmasi bosh mutahassisi lavozimida ishlagan.

           2017 yildan 2019 yilgacha  Andijon viloyati Xo`jaobod tuman idoralararo xo`jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi direktori lavozimida ishlagan. 

           2019 yil 25 fevraldan buyon Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i vazifasida ishlab kelmoqda.

 

Vazifa va funksiyalari

Andijon  viloyati hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

tegishli davlat, idoraviy, birlashgan  idoraviy va idoralararo arxivlarda, shuningdek korxona, tashkilot, xo’jalik sub’ektlari, jumladan fermer xo’jaliklarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonunchilikka rioya etilishini amalga oshirishni va ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarida  saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib  borish va foydalanish;

tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish ahvolini tahlil qilish, ularning rivojlanish tendensiyalarini va qonuniyligini o’rganish;

tegishli arxiv muassasalari, jumladan idoraviy, birlashgan idoraviy va idoralararo arxivlar ish amaliyotiga ilmiy-texnika va ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalalari bo’yicha tizimdigi davlat arxivlarida metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

boshqarma tizimidagi arxiv muassasalarining faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish, ularning sifatli va samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash.

Andijon viloyati hududidagi davlat arxiv muassasalari va tashkilotlarida shuningdek, arxiv muassasalari tarmog’ida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va chet el ilg’or ish tajribalarini o’rganish va tadbiq etish.

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga ta’luqli informatsion resurslarni saqlashni ta’minlash, elektron arxivlarni faoliyat yuritishini va tashkil etilishini muvofiqlashtirish  va boshqarish.